ISSN 3060-7142
Joriy sonVol. 1 · No. 1 · 2026

«Raqamli gumanitar tadqiqotlar — 1-son, 2026»

Nashr sanasi: 13-avgust 2026 · 5 maqola · 41 bet

Bosh muharrir so‘zi

Qayta tahrirlangan to‘liq nashr. Ushbu son 2026-yil 13-avgustda 5 ta maqola, yagona sahifalash va yangilangan jurnal PDF maketi bilan qayta nashr qilindi.

To‘liq sonni yuklash

Maqola

5 ta
01
TilshunoslikUZ

LINGVOEKOLOGIYANING EPISTEMOLOGIK ASOSLARI: TIL, ONG VA MUHIT TRIADASI

Ushbu maqolada lingvoekologiyaning epistemologik asoslari til, ong va muhit uch tomonlama munosabati (triadasi) nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Til bilishning vositasi, ong bilishning subyekti va muhit bilishning konteksti sifatida ko‘rib chiqiladi hamda ushbu uch unsurning o‘zaro dialektik bog‘liqligi asosida lingvoekologik bilimning shakllanish mexanizmi izohlanadi.

#lingvoekologiya#epistemologiya#til#ong
Suvonova R.U.
bet 1–8
37 ko‘rish12 yuklash
02
ArxeologiyaUZ

SAKLARNING KULOLCHILIK, TO’QIMACHILIK VA SUYAK O’YMAKORLIGI SAN’ATI

Mazkur maqolada miloddan avvalgi VII–III asrlarda O’rta Osiyo hududida yashagan sak qabilalarining moddiy madaniyatining uchta muhim sohasi — kulolchilik, to’qimachilik va suyak o’ymakorligi san’ati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda Issiq qo’rg’oni, Pazirik dafn majmualari, Uyg’arak, Tagisken va Berel yodgorliklaridan topilgan arxeologik materiallar, shuningdek, ko’plab mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy tadqiqotlari sintez qilinadi.

#saklar#massagetlar#O’rta Osiyo#kulolchilik
Eshchanov U.I.
bet 9–16
7 ko‘rish0 yuklash
03
TarixUZ

BUYUK SALJUQIYLAR IMPERIYASINING TASHQI ALOQALARIGA DOIR BA’ZI MULOHAZALAR

Ushbu maqolada XI-XII asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqasida ulkan geosiyosiy mavqega ega boʻlgan Buyuk Saljuqiylar imperiyasining tashqi siyosati va diplomatik munosabatlari tahlil qilinadi. Saljuqiylar sulolasi hukmronligi davrida Vizantiya imperiyasi, Abbosiylar xalifaligi, Fotimiylar davlati hamda Markaziy Osiyodagi qoʻshni xonliklar bilan olib borilgan aloqalarning oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan.

#Buyuk Saljuqiylar#tashqi siyosat#diplomatiya#Vizantiya
Sa’dullayev N.U.
bet 17–23
6 ko‘rish1 yuklash
04
TarixUZ

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AN’ANALARI ASOSIDA YANGI O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish strategik vazifa qilib belgilangan bugungi davrda, milliy ilm-fan tizimini tubdan isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur jarayonda nafaqat zamonaviy yutuqlarga tayanish, balki tarixiy madaniy merosimizni chuqur tahlil qilish hamda qadimgi ilm-fan akademiyalarimizning boy an’analarini bugungi kun fani va ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish g‘oyat dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

#Xorazm Ma’mun Akademiyasi#Yangi O‘zbekiston#Uchinchi Renessans#Ilmiy integratsiya
Аbdullаyevа M.S.q.
bet 24–32
7 ko‘rish1 yuklash
05
Kiberxavfsizlik va raqamli moliyaEN

SECURITY ASSURANCE MECHANISMS IN DIGITAL PAYMENT SYSTEMS IN UZBEKISTAN

This article analyzes the current state of security in digital payment systems in the Republic of Uzbekistan, existing challenges, and ways to prevent them. Statistical data from the Central Bank of the Republic of Uzbekistan for 2020–2024, international experience, and expert conclusions in cybersecurity were used.

#digital payments#cybersecurity#financial technologies#fraud
Mamatxonova M.K.q.
bet 33–41
0 ko‘rish0 yuklash