ISSN 3060-7142

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AN’ANALARI ASOSIDA YANGI O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Abstrakt

Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish strategik vazifa qilib belgilangan bugungi davrda, milliy ilm-fan tizimini tubdan isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur jarayonda nafaqat zamonaviy yutuqlarga tayanish, balki tarixiy madaniy merosimizni chuqur tahlil qilish hamda qadimgi ilm-fan akademiyalarimizning boy an’analarini bugungi kun fani va ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish g‘oyat dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xorazm Ma’mun akademiyasi o‘z davrida fanlararo integratsiya va jamoaviy ilmiy maktabning yorqin namunasi bo‘lib, unda shakllangan fundamental va amaliy tadqiqotlar tizimi jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan. Bugungi raqamli iqtisodiyot va SMART texnologiyalar asrida ushbu an’analarni qayta tiklash, ilm-fanni tijoratlashtirish, hududiy muassasalar tarmog‘ini maqbullashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish davlatimiz rahbarining strategik farmon hamda qarorlari ijrosini ta’minlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar
Xorazm Ma’mun AkademiyasiYangi O‘zbekistonUchinchi RenessansIlmiy integratsiyaSMART texnologiyalarHududiy muassasalarInnovatsiya.

Annotatsiya: Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish strategik vazifa qilib belgilangan bugungi davrda, milliy ilm-fan tizimini tubdan isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur jarayonda nafaqat zamonaviy yutuqlarga tayanish, balki tarixiy madaniy merosimizni chuqur tahlil qilish hamda qadimgi ilm-fan akademiyalarimizning boy an’analarini bugungi kun fani va ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish g‘oyat dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Xorazm Ma’mun akademiyasi o‘z davrida fanlararo integratsiya va jamoaviy ilmiy maktabning yorqin namunasi bo‘lib, unda shakllangan fundamental va amaliy tadqiqotlar tizimi jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan. Bugungi raqamli iqtisodiyot va SMART texnologiyalar asrida ushbu an’analarni qayta tiklash, ilm-fanni tijoratlashtirish, hududiy muassasalar tarmog‘ini maqbullashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish davlatimiz rahbarining strategik farmon hamda qarorlari ijrosini ta’minlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: Xorazm Ma’mun Akademiyasi, Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessans, Ilmiy integratsiya, SMART texnologiyalar, Hududiy muassasalar, Innovatsiya.

Аннотация: В современный период, когда создание фундамента Третьего Ренессанса в Новом Узбекистане определено в качестве стратегической задачи, коренное реформирование национальной системы науки является одним из приоритетных направлений государственной политики.

В данном процессе чрезвычайно актуальное значение приобретает не только опора на современные достижения, но и глубокий анализ историко-культурного наследия, а также внедрение богатых традиций древних академий наук в практику современной науки и производства. Хорезмская академия Мамуна в свое время являлась ярким примером междисциплинарной интеграции и коллективной научной школы, а сформированная в ней система фундаментальных и прикладных исследований внесла неоценимый вклад в мировую цивилизацию. В современную эпоху цифровой экономики и SMART-технологий возрождение этих традиций, коммерциализация науки, оптимизация сети региональных учреждений и расширение международного сотрудничества имеют важное практическое значение для обеспечения реализации стратегических указов и постановлений главы нашего государства.

Ключевые слова: Хорезмская академия Мамуна, Новый Узбекистан, Третий Ренессанс, Научная интеграция, SMART-технологии, Региональные учреждения, Инновация.

Abstract: In the modern era, where laying the foundation for the Third Renaissance in New Uzbekistan is designated as a strategic task, the radical reform of the national science system stands as one of the priority vectors of state policy.

In this process, it is of paramount importance not only to rely on modern achievements but also to deeply analyze historical and cultural heritage, and to apply the rich traditions of ancient academies of sciences to contemporary scientific and industrial practices. The Khwarazm Mamun Academy was a stellar example of interdisciplinary integration and a collective scientific school in its time, and the system of fundamental and applied research shaped within it made an incomparable contribution to global civilization. In today’s era of digital economy and SMART technologies, reviving these traditions, commercializing science, optimizing the network of regional institutions, and expanding international cooperation hold crucial practical significance in ensuring the execution of strategic decrees and resolutions of the head of our state.

Keywords: Khwarazm Mamun Academy, New Uzbekistan, Third Renaissance, Scientific integration, SMART technologies, Regional institutions, Innovation.

Kirish: Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining jahon va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi matematika, astronomiya, geodeziya va falsafa fanlari misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Akademiyaning yetakchi siymolari bo‘lmish Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o‘z davrining qomusiy olimlari faoliyat yuritgan.Akademik M.M. Xayrullayev ta’kidlaganidek, Xorazm Ma’mun akademiyasi Sharq Uyg‘onish (Renessans) davrining eng yirik ilm-fan markazlaridan biri bo‘lib, bu ilmiy maskanda shakllangan maktab fanning turli tarmoqlarini – matematika, astronomiya, tibbiyot va falsafani yagona tizimga soldi hamda islom madaniyatini dunyo sivilizatsiyasining yetakchi kuchiga aylantirdi [1].Bugungi kunda ushbu buyuk maskanning tarixiy an’analarini izchil davom ettirayotgan muassasa – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Xorazm Ma’mun akademiyasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 11-noyabrdagi PF-1880-sonli Farmoni bilan qayta tashkil etilgan ushbu akademiya bugungi kunda mintaqada ilm-fanni rivojlantirishning haqiqiy ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda [2].

Metodologiya: Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–390-son qarori talablari metodologik asos qilib olindi. Ushbu hujjat doirasida akademik tizimni kengaytirish, ilmiy muassasalar tarmog‘ini maqbullashtirish hamda hududlarda ilm-fan jozibadorligini oshirish maqsadida alohida chora-tadbirlar belgilandi.Xususan, qarorning 9- va 10-bandlari ijrosi bevosita akademiyaning hududiy tuzilmalari mexanizmlarini mustahkamlash, zamonaviy ilmiy laboratoriyalarni integratsiyalash va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ularning ilmiy-amaliy ahamiyati bugungi kunda Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda asosiy metodologik tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayni paytda akademiyada faoliyat yuritayotgan 3 ta asosiy bo‘lim (Tabiiy, Aniq fanlar hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi) faoliyati va ularning erishgan natijalari qiyosiy-tahliliy hamda tizimli yondashuv metodlari asosida o‘rganildi.

Natijalar: Olib borilgan tadqiqotlar va amaliy ishlar natijasida Xorazm Ma’mun akademiyasining tarkibiy bo‘limlari bo‘yicha quyidagi muhim natijalarga erishildi: 1. Tabiiy fanlar bo‘limi: Biologiya, kimyo, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va yer to‘g‘risidagi fanlar yo‘nalishida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bo‘lim tarkibida Doktarantura, Eksperimental baza, O’simliklar genofondi binosi (noyob obyekt) hamda Don va don mahsulotlari tahlili, Termitlar tarqalishini oldini olish laboratoriyalari faoliyat yuritadi. Asosiy natijalar sifatida g‘allachilik va seleksiya, ekologiya va introduksiya yo‘nalishlaridagi yutuqlarni ko‘rsatish mumkin. Xususan, g‘o‘zaning istiqbolli “Xurma” va “Niyat” navlaridan yakka tanlov hamda oilaviy terim asosida olingan chigitlar muvaffaqiyatli aprobatsiya qilindi. 2. Aniq fanlar bo‘limi: Fizika-matematika, arxitektura, texnika hamda kimyoviy texnologiya fanlari yo‘nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bo‘lim tarkibida qurilish materiallarini sinash va ta’mirlash laboratoriyalari hamda tegishli ilmiy grantlar doirasidagi izlanishlar qamrab olingan. 3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-apreldagi 211-sonli qarori bilan tashkil etilgan ushbu bo‘limda [3] Tarix, arxeologiya, etnologiya va manbashunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha Xorazm tarixining eng dolzarb sahifalari o‘rganildi.

Jadval: Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limining asosiy innovatsion va amaliy natijalari

Yo‘nalishlar

Erishilgan ilmiy va amaliy natijalar

Manba (Havola)

Arxeologiya va o‘lkashunoslik

Xumbuztepa, Qalajiq qal’a va Kat qal’a kabi qadimiy obidalarda tizimli qazishmalar o‘tkazildi. Qo‘lga kiritilgan nodir artefaktlar ilmiy muomalaga kiritildi hamda akademiya doimiy ekspozitsiyasidan joy oldi.

[4]

Xalqaro hamkorlik

Ispaniyaning Barselona universiteti (Universitat de Barcelona) bilan o‘rnatilgan hamkorlik doirasida, zamonaviy laboratoriya uskunalarida Xumbuztepa topilmalarining tarkibi tahlil qilindi va xronologiyaga oid yangi ilmiy ma’lumotlar olindi.

[5]

Manbashunoslik va adabiy meros

Muhammad Rahim Bahodirxon II Feruzning “Devon”i nashrga tayyorlandi. Ogahiy tavalludining 210-yilligiga bag‘ishlangan ko‘p jildli asarlar silsilasining dastlabki 10 jildi chop etildi. Mintaqadagi nodir manbalarning elektron bazasi yaratildi.

[6], [7], [8]

SMART texnologiyalar va amaliyot

“Jaloliddin Manguberdi – buyuk vatanparvar sarkarda” monografiyasi hamda Dishan qal’a obidasini muhofaza qilish doirasida jami 200 million so‘mlik amaliy va xo‘jalik shartnomalari bajarildi. “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqotlari asosida SMART texnologiyalarini yaratish” innovatsion granti amalga oshirildi.

[9], [10]

Ilm-fan va OAV integratsiyasi

“O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – Ipak yo‘llarida”, “Moziydan sado”, “Osori atiqa” kabi turkum ko‘rsatuvlarning 26 qismi (12 soatlik efir vaqti) tayyorlandi. 640 sahifalik fundamental “Xorazm tarixi” monografiyasi hamda sayyohlar uchun 5 tilda “Xorazm tarixidan sahifalar” kitob-qo‘llanmasi nashrga tayyorlandi.

[11], [12]

Munozara: Qadimgi Ma’mun akademiyasi an’analari faqat nazariy jihatdan iborat bo‘lmagan, u amaliy va iqtisodiy hayot bilan uzviy bog‘langan edi. Bugungi Yangi O‘zbekistondagi Akademiya ham aynan shu an’anani izchil davom ettirmoqda. Ijtimoiy-gumanitar sohadagi tadqiqotlarning SMART texnologiyalar va raqamlashtirish platformalari bilan integratsiya qilinishi (masalan, nodir manbalarning elektron bazasi yaratilishi yoki madaniy obidalar asosida SMART loyihalar tayyorlanishi) qadimgi merosni raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirishning yaqqol namunasidir. Shuningdek, Ma’mun Akademiyasi an’analari jamiyatni ma’rifatli qilishga xizmat qilishi lozim. Shu maqsadda ilm-fan yutuqlarini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa sodda tilda yetkazish hamda xalqaro ilmiy diplomatiyani rivojlantirgan holda xorijiy nufuzli universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish bugungi kun ilm-fan menejmentining dolzarb masalalaridan biri sifatida muhokama qilinadi.

Xulosa: Xorazm Ma’mun akademiyasi o‘zining tizimli yo‘l xaritalari va fundamental grant loyihalari orqali Yangi O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirishning istiqbolli modellarini ko‘rsatib bermoqda [13]. Tarixiy an’analarni zamonaviy innovatsion jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida quyidagi strategik yo‘nalishlar ilgari suriladi:

1. Ilm-fan va Turizm integratsiyasi: Qadimiy shaharlar va muzeylar uchun ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqish orqali madaniy turizmning jozibadorligini oshirish (masalan, “Dishan qal’a” va “Dorul hikmat val maorif” muzeylari misolida).

2. Raqamlashtirish: Qo‘lyozma va noyob manbalarni to‘liq raqamlashtirib, xalqaro ilmiy platformalarga va ochiq ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish.

3. Xalqaro ilmiy diplomatiya: Barselona universiteti va boshqa nufuzli xorijiy markazlar bilan hamkorlikda Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy va Pahlavon Mahmud merosini o‘rganish bo‘yicha xalqaro konferensiyalar miqyosini yanada kengaytirish.

Xorazm Ma’mun akademiyasining vaqt sinovidan o‘tgan an’analari asosida shakllangan bugungi ilmiy salohiyat Yangi O‘zbekiston poydevorini mustahkamlashga va mamlakatimizni jahon ilm-fani markazlaridan biriga aylantirishga to‘liq xizmat qiladi.

Foydalanilgan Adabiyotlar Ro‘yxati

1. Xayrullayev M. M. Uyg‘onish davri va Sharq mutafakkirlari. – Toshkent: “Fan”, 1971. – B. 112-114.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 11-noyabrdagi “Xorazm Ma’mun akademiyasini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-1880-sonli Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 1997. – № 11-12.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 211-sonli Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Qonon hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz).

4. Xorazm Ma’mun akademiyasi Arxeologiya, etnologiya va manbashunoslik bo‘limining Xumbuztepa, Qalajiq qal’a va Kat qal’a obidalaridagi ilmiy-tadqiqot hisobotlari // Akademiya joriy arxivi. – 2020–2024.

5. Xorazm Ma’mun akademiyasi va Ispaniyaning Barselona universiteti (Universitat de Barcelona) o‘rtasidagi xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlik memorandumi materiallari // Xalqaro aloqalar bo‘limi hisoboti.

6. Muhammad Rahim Bahodirxon II Feruz. Devon / Nashrga tayyorlovchi: Xorazm Ma’mun akademiyasi manbashunoslik guruh olimlari. – Xiva-Toshkent, 2022.

7. Ogahiy. Asarlar silsilasi (Ko‘p jildlik, 1–10-tomlar). Tavalludining 210-yilligiga bag‘ishlangan nashr // Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi tahririyati.

8. Xorazm Ma’mun akademiyasi qoshidagi “Nodir manbalar va qo‘lyozmalar raqamli kutubxonasi” elektron platformasi ma’lumotlari (mamun.uz).

9. “Jaloliddin Manguberdi – buyuk vatanparvar sarkarda” monografiyasi loyihasi va Dishan qal’a obidasini muhofaza qilish doirasida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari tahlili (Umumiy qiymati: 200 000 000 so‘m) // Akademiya buxgalteriyasi va reja-moliya bo‘limi hisobotlari.

10. “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqotlari asosida SMART texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasi hujjatlari // O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy loyihalar reyestri.

11. “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” Davlat muassasasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali va Xorazm Ma’mun akademiyasi hamkorlik media-rejasi / “O‘zbekiston – Ipak yo‘llarida”, “Moziydan sado”, “Osori atiqa” ko‘rsatuvlari efir metrikasi (Jami: 26 qism, 12 soatlik efir vaqti).

12. “Xorazm tarixi” (640 betlik fundamental monografiya) va “Xorazm tarixidan sahifalar” (5 tilda sayyohlar uchun qo‘llanma) nashr materiallari // Xorazm Ma’mun akademiyasi Ilmiy Kengashi bayonnomalari.

13. Xorazm Ma’mun akademiyasining 2020–2023-yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish “Yo‘l xaritasi” va istiqbolli fundamental tadqiqotlar konsepsiyasi.

Tashakkurnoma

Tadqiqot O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi grant doirasida (loyiha N° A1-FQT-2024-117) qisman moliyalashtirilgan.

Manfaatlar to‘qnashuvi

Mualliflar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi xabar qilinmagan.